Sport | 20:12 / 20.09.2017
16322
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Toshkentga keldi

O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, tashrif doirasida 2017 yil 20 sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashlari apparatlari o‘rtasida navbatdagi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Jumladan, huquqni muhofaza qilish va bojxona organlari, favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar,  shuningdek, harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar. Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Tomonlar joriy yilning 4-5 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi. 

Tashrif doirasida Rossiya delegatsiyasining Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar bilan tanishishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirib, uning qabriga gul qo‘yishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid