Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xalqaro darajadagi yuristlar malakasini oshirish markazi ochiladi
AQShning eng kuchli yuridik kompaniyalari va Adliya vazirligi o‘rtasida O‘zbekistonda yuristlarning malakasini oshirish bo‘yicha Memorandumlar imzolandi, deb yozadi Adliya vazirligi rasmiy sayti
Joriy yilning 20 sentabr kuni AQShning Nyu-York shahrida o‘zbek-amerika biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Biznes-forum ishida O‘zbekiston tomonidan qator davlat organlari, tijorat tashkilotlari va moliya institutlari vakillari ishtirok etishdi. Amerika tomonidan AQSh Davlat departamenti, Savdo departamenti, yirik kompaniyalar, korporatsiyalar va bank muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Biznes-forum dasturiga muvofiq, iqtisodiy barqarorlikni oshirish, investitsion muhitni yaxshilash va O‘zbekiston moliya sektorini takomillashtirish masalalari bo‘yicha qo‘shma majlislar o‘tkazildi. Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov «Huquqiy infratuzilmani va ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali investitsion jozibadorlikni oshirish» mavzusida ma'ruza qildi. Hisobot respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va Adliya vazirligi tomonidan xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilishdagi roli hamda masalalariga bag‘ishlangan.
Shuningdek, biznes-forum davomida Adliya vazirligi AQShning 5 ta eng kuchli yuridik kompaniyasi hisoblangan «White & Case», «Sidley Austin», «Hogan Lovells», «Holwell, Shuster and Goldberg» va «Foley Hoag» hamkorlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-amerika hamkorligi biznes-forumi doirasida mazkur eng kuchli yuridik kompaniyalar va Adliya vazirligi o‘rtasida O‘zbekistonda yuristlarning malakasini oshirish bo‘yicha Memorandumlar imzolandi. Unga ko‘ra maxsus markaz ochiladi va uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qo‘llab quvvatlanadi.
Imzolangan hujjatlar doirasida xalqaro investitsiyalar va tijorat nizolari, advokatlik texnikasi masalalari bo‘yicha tajriba almashish treninglarini o‘tkazish va yuridik kompaniyalarda vazirlik hamda idoralar xodimlari uchun amaliyotlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlar vazirlik va idoralar xodimlarining xalqaro huquq hamda xalqaro arbitraj masalalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:18 / 07.03.2025