Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Donbassda tinchlikka erishish shartlarini ma'lum qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning fikricha, Donbassdagi vaziyatni bu hududdan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqmasdan tartibga solishning iloji yo‘q.
"Samarali tinchlikparvarlik va vaziyatni tartibga solish yo‘li Ukrainadan xorijiy harbiylar, yollanma jangchilar va qurolning shak-shubhasiz olib chiqilishi orqali yotadi. Rossiyalik harbiylar uchun eshiklarni yopmasdan Donbassda tinchlikka erishishda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi", deb aytgan Poroshenko BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Ukrainaga BMT tinchlikparvar kuchlarining yuborilishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini, biroq gap YeXHT xodimlari xavfsizligini ta'minlash vazifasi haqida borishi, tinchlikparvar kuchlar faqatgina ayiruv chizig‘ida bo‘lishlari kerakligini aytgandi.
Ukrainaning fikricha, BMT missiyasi kengroq vakolatlarga ega bo‘lishi va butun Donbass hududi bo‘ylab Rossiya chegarasigacha joylashtirilishi lozim.
Mavzuga oid
22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida
13:44 / 09.03.2025
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi
19:47 / 06.01.2025
Rossiya Donbassdagi yana bir muhim shaharni egallagan. Nimalar ma’lum?
19:39 / 08.11.2024