Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti oktabrda O‘zbekistonga keladi
Joriy yilning 15 oktabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda «Telegraf.uz» xabar bermoqda.
Tashrif mobaynida ikki davlat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy shartnoma va kelishuvlar, shuningdek, boshqa masalalar haqidagi hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilinishi ham rejalashtirilgan.
Afg‘oniston prezidenti O‘zbekistonga tashrifiga hozirlik ko‘rilayotgani haqida o‘tgan oyda bu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Sayid Shahobuddun Timuriy ham ma'lum qilgandi. U mazkur tashrif doirasida xavfsizlik, temir yo‘l transporti, energetika, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, sog‘liqni saqlash, kimyo va avtomobil sanoati kabi sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 20dan ziyod davlatlararo, hukumatlararo, vazirlik va idoralararo hujjatlarning imzolanishi ko‘zda tutilgani haqida aytgandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025