Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asrab olingan bolaga ham nafaqa to‘lanadimi?
SAVOL: Biz farzand asrab oldik. Chaqaloqni tug‘ruqxonadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qildik. Ayolim shifoxonada ishlaydi, o‘sha paytda bola uchun hali sudning qarori yo‘qligi uchun ayolim ishxonasiga oylik ish haqi saqlanib qolinmaydigan ta'til («bezsoderjaniye»)ga ariza yozdi. 3 oy o‘tib, hozir hamma hujjatlarimiz tayyor bo‘ldi. Sudning qaror chiqarishi qoldi. Sud bo‘lib o‘tdi va qarorni endi olamiz. Ayolimning ishxonasidagi mutasaddilar dekretga chiqishi uchun davlat tarafidan beriladigan nafaqa puli berilmaydi, deb aytibdi. Ya'ni, hisobxona «o‘zingiz tug‘maganiz uchun sizga nafaqa bermaymiz», debdi. Shu qonuniymi, qonuniy bo‘lsa shu moddani ko‘rsata olasizlarmi. Oldindan sizga katta rahmat.
Faziliddin F.
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 235-moddasida yangi tug‘ilgan bolalarni farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgilangan shaxslarga beriladigan ta'tillar berilgan bo‘lib, unda yangi tug‘ilgan bolalarni bevosita tug‘uruqxonadan farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgilangan shaxslarga bola farzandlikka olingan (vasiylik belgilangan) kundan boshlab, bola tug‘ilgan kundan e'tiboran ellik olti kalendar kun (ikki yoki undan ortiq bola asrab olingan (vasiylik belgilangan) taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tgunga qadar bo‘lgan davrda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lagan holda ta'til beriladi va ularning xohishiga ko‘ra, bola uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun qo‘shimcha ta'tillar berilishi belgilangan.
Savolga huquqshunos Foziljon XATAMQULOV javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
21:19 / 29.12.2024
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yolg‘iz odamlarga ko‘mak dasturini ishga tushirdi
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
20:56 / 20.10.2024