Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda saudiyaliklarga qirollikning milliy bayram munosabati bilan sovg‘alar taqdim etildi
BAA hukumati Saudiya Arabistoni fuqarolariga qirollikda 23 sentabrda nishonlanadigan Milliy kun munosabati bilan mehmonxonalarda 50 foizlik chegirma o‘rnatdi. Bu haqda BAA bosh vaziri va Dubay hokimi shayh Muhammad bin Rashid Al-Maqtum tvitterda ma'lum qildi.
Shu kuni 1932 yilda Najd, Hijoz, Al-Hasa va Katif viloyatlari Saudiya Arabistoni deb atalgan yagona qirollikka birlashgan.
"Milliy kunda Amirlikka keluvchi saudiya arabistonilik mehmonlar mehmonxonalarda 50 foizlik chegirma bilan qolishlari mumkin. BAA va Saudiya Arabistoni toabad birga", deb yozgan Al-Maqtum.
"BAA va Saudiya Arabistoni toabad birga" shiorini BAAdagi mobil operatorlar bayramgacha bir necha kun avval barcha mobil telefonlar ekranlarida chiqara boshlashgan.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining milliy bayramidan bir necha kun avval BAA aeroportlarida Amirlikka kelayotgan saudiya arabistonliklar tabriklanib, ularga kichik sovg‘alar ulashilgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
18:41 / 16.05.2025