Jamiyat | 14:30 / 24.09.2017
20581
2 daqiqa o‘qiladi

Farer orollari: Eng g‘aroyib qamoqxona joylashgan makon

Farer orollari qoyalari cho‘qqisiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan sayyohlar ajoyib manzaraning guvohi bo‘lishadi. Fiordlar (qoyatoshlar bilan o‘ralgan ko‘rfaz), tuman, qoyalar labirintida yashirin shinamgina baliqchilar qishlog‘i... va eng g‘aroyib qamoqxona, deyiladi Trendymen nashrida. 

Foto: trendymen.ru

Qamoqxona oroldagi eng yirik arxipelagda joylashgan. U Myorkadalur tumanida joylashgan bo‘lib, tarjimasi "Tumanlar vodiysi" ma'nosini anglatadi - Kaldbaksfyorsur fordi odatda doimo bulutlar bilan qoplangan bo‘ladi. 

Foto: trendymen.ru
Foto: trendymen.ru

Pastga tomon taxminan yarim yo‘lda, Strimoyni kesib o‘tuvchi asosiy yo‘l bo‘ylab bir necha pastqam oq binolar bor, ularning tomlari qalin o‘tlar bilan qoplangan. Derazalaridan fiordning betakror manzaralari ko‘rinib turadi. Ana shu bino qamoqxona!

Foto: trendymen.ru

Bu yerda atigi 12 nafar mahbusni saqlash mumkin. Ularning biri, darvoqe, yaqinda qochib ketdi. Uzoqqa emas, albatta - qo‘shni qishloqdan topildi. Uning nima uchun qochgani hozircha jumboqligicha qolmoqda. Zero bunday qulayliklar (devorlarida plazma, mini-golf maydoni)ga ega qamoqxonadan hali hech kim qochmagan. 

 

Mavzuga oid