Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgar hamshira ushlandi
Ibodat Rasulova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) hamshira bo‘lib ishlab yurgan kezlari bir necha kishilarning dardiga darmon bo‘lgan bo‘lsa, bordir. Biroq bu ayol tuman shifoxonasida ishlagan 30 yillik faoliyati davomida bir necha bor qing‘irliklar sodir etib, tegishli javobgarlikka tortilgan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
I.Rasulovaning nafaqaga chiqib ham “aqli kirmadi”. U Kosonsoy shahrida yashovchi uchinchi guruh nogironi S.Jambilovni aldab, ishonchiga kiradi. Unga Namangan viloyati Tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyasining mansabdor shaxslari bilan gaplashib, ikkinchi guruh nogironligiga o‘tkazib berishga va'da berib, evaziga 200 AQSh dollari so‘raydi.
Ammo, ayol niyatiga yetolmadi. Kosonsoy shahri markazidagi “Dunyo” do‘koni yonida S.Jambilovdan 100 AQSh dollari hamda 600 ming so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi.
Sud hukmi bilan I.Rasulova tegishli jazoga tortildi.
Mavzuga oid
15:23 / 07.05.2025
«Oilaviy shifokorlar 1500, hamshiralar esa 600–800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz» - prezident
08:33 / 21.03.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishlash uchun yuborilishi mumkin
08:48 / 01.07.2024
Xitoy kompaniyasi Kosonsoyda dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
19:41 / 25.02.2024