O‘zbekiston | 18:14 / 25.09.2017
23078
2 daqiqa o‘qiladi

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining to‘lagan badal pullari qay holatda qaytariladi?

Foto: O‘zA

SAVOL: Fuqaro majburiy xizmatga (1 oylik) armiyaga 27 yoshga to‘lguncha borishi kerak. 27 yoshga to‘lishiga 3 oy qolgan, afsuski, shu davr mobaynida sog‘lig‘i yomonlashib, sil kasaliga duchor bo‘ldi. Shu holatga tushguncha shartnoma puli to‘liq to‘langan. O‘sha pulni qaytarib olsa bo‘ladimi?

Abdulaziz Xolmurodov

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 fevraldagi 99-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 91-bandiga muvofiq, pul badallarini to‘lagan, biroq harbiy yig‘inlardan o‘tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining to‘lagan pul badallari belgilangan tartibda quyidagi holatlarda qaytarib beriladi:

  • safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi harbiy xizmatga yaroqsiz deb e'tirof etilganda;
  • unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan I, II yoki III guruh nogironligi berilganda.
  • safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda to‘langan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxo‘riga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.
  • ortiqcha to‘langan, shuningdek, Maxsus hisob raqamiga yanglish o‘tkazilgan pul badallari mazkur Nizomning 92 va 93-bandlarida belgilangan tartibda qaytariladi.

Boshqa holatlarda Maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan pul badallari qaytarib berilmaydi.

Ushbu masalada tegishli hududdagi mudofaa ishlari bo‘limiga murojaat etilishi lozim.

Savolga huquqshunos Foziljon XATAMQULOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid