Sport | 08:44 / 25.09.2017
4949
1 daqiqa o‘qiladi

Urugvayda hakamlar ish tashlashlari sababli chempionat uchrashuvlari qoldirildi

Foto: Getty Images

Urugvay futbol uyushmasi (AUF) chempionatning 24 sentabrga belgilangan barcha uchrashuvlarini hakamlarning zo‘ravonlikka qarshi butun mamlakat bo‘ylab ish tashlashlari sababli qoldirdi.  

"Urugvay futbol uyushmasi futbol hakamlarining ishlashdan bosh tortishini hisobga olib, uning boshchiligida o‘tuvchi barcha musobaqalarni qoldirdi", deb aytilgan uyushma xabarida.

Bu qaror esa oliy diviziondagi 5 ta va quyi divizionlardagi bir qator o‘yinlarning qoldirilishini anglatgan. Ushbu qaror ikki hakam o‘smirlar jamoalari o‘yini vaqtida tomoshabinlar tomondan hujumga uchraganidan keyin qabul qilingan. Hujumga uchragan hakamlardan biri ayol kishi bo‘lgan.

Mavzuga oid