Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshdagi rohingya-qochqinlar soni 436 mingdan oshdi
Myanmadan Bangladeshga qochgan rohingyalar soni uch haftada 436 mingdan oshdi. BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (UNHCR)ning matbuot kotibi Edrian Edvards brifingda shu haqida ma'lum qildi.
"UNHCR Bangladeshga gumanitar yordam ko‘rsatishni ikki barobarga ko‘paytirishga chaqiradi. Bu so‘nggi oyda Myanmadan Bangladeshga qochgan taxminan 436 ming rohingya uchun vaziyatning ehtimoliy yomonlashuvi borasida qayg‘urish bilan bog‘liq", - dedi u.
Bundan avval Myanma g‘arbidagi rohingya musulmonlari istiqomat qiluvchi Rakxayn shtatidagi vaziyat keskin yomonlashgani haqida xabar berilgandi. 25 avgustdan buyon Myanmani 400 mingdan ziyod rohingya tark etdi. Bangladeshga qochgan rohingya qochqinlarining umumiy soni 800 ming kishidan ortiqni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025