Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Trampning yaqin safdoshlari shaxsiy pochtalaridan xizmat maqsadlarida foydalangan
AQSh prezidenti Donald Trampning yaqin safdoshlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida shaxsiy elektron manzillaridan foydalangan, deb yozmoqda The New York Times nashri.
Gazeta manbalariga ko‘ra, Tramp yonidagi sobiq va amaldagi mulozimlardan kamida 6 nafari ayni amaliyotni qo‘llagan. Ular orasida Trampning qizi Ivanka va maslahatchi kuyovi Jared Kushner ham bor. Bundan tashqari, nashrning yozishicha, Oq uy apparatining sobiq rahbari Rayns Pribas, ma'muriyatning sobiq bosh strategi Stiven Bennon, Trampning asosiy maslahatchilaridan biri Stiven Miller va Milliy iqtisodiy kengash direktori Geri Kon shular jumlasidan.
Gazetaga ko‘ra, Kushner Tramp inauguratsiyasidan so‘ng 7 oy mobaynida shaxsiy elektron pochtasi yordamida ish bilan bog‘liq 100 dan ortiq elektron maktub yuborgan va qabul qilgan. Pribas va Bennon vaqti-vaqti bilan shaxsiy pochtalaridan xizmat maqsadlarida foydalanishgan. Miller va Kon bunga bir necha marta yo‘l qo‘ygan. Ivanka Tramp rasman ma'muriyat xodimi bo‘lgunicha va undan keyin ham shaxsiy elktron pochta manzilidan xizmat maqsadlarida foydalanib kelgan.
Maqolada ta'kidlanishicha, rasmiy shaxslar, shu jumladan Oq uy ma'muriyati xodimlariga, nazorat organlarining kuzatuvini ta'minlash maqsadida ish pochta qutilaridan foydalanishlari belgilangan. Shaxsiy pochta manzilini qo‘llash uchun undagi matnlardan xizmat qutisiga nusxa ko‘chirilsagina izn beriladi. Gazeta buni yuqoridaagi kishilardan birortasi bajarganmi, yo‘qmi oydinlik kiritmagan.
Ma'lumki, Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida sobiq davlat kotibi, prezidentlikka nomzod Hillari Klintonning davlat kotibi bo‘lgan vaqtda shaxsiy elektron pochtasidan xizmat maqsadlarida foydalanganini jiddiy tanqid qilgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025