Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA astronavtlarning birinchi otryadiga 8 kishini tanlab oladi
Birlashgan Arab Amirliklari astronavtlarining birinchi guruhi 4-8 kishidan iborat bo‘ladi. Bu haqda chorshanba kuni Avstraliyaning Adelaida shahridagi Xalqaro kosmonavtika kongressida ishtirok etgan Muhammad bin Rashid kosmik markazi (Mohammed Bin Rashid Space Centre) direktori o‘rinbosari Adnan Muhammed Al Rais TASS’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Birlashgan Arab Amirliklari astronavtlari jamoasiga nomzodlarini tanlash jarayoni 2018 yilning yanvar oyida boshlanadi, - dedi u. – O‘ylashimcha, birinchi bosqichda to‘rt-sakkiz kishi tanlab olinadi».
«Biz barcha uchun eshiklarni ochmoqdamiz, ya'ni hech qanday cheklovlar qo‘ymaymiz. Bu turli kasblar - o‘qituvchilar, shifokorlar, olimlar, harbiylar sifatida ishlayotgan har qanday yoshdagi erkak va ayollar bo‘lishi mumkin. Keyin bir yoki ikki bo‘lajak astronavt Xalqaro fazo stansiyasiga parvoz uchun tayyorgarlikni boshlaydi. Umid qilamizki, bu 2020 yoki 2021 yilda yuz beradi. Biz astronavtimiz XFSda turli ilmiy tajribalarni o‘tkazish uchun ancha uzoq vaqt davomida qolishini xohlaymiz - bir oydan olti oygacha", - deya qo‘shimcha qildi u.
«Astronavtlar otryadining qolgan a'zolari bo‘lajak parvozlarga tayyorgarlikni davom ettiradilar, - deya aniqlik kiritdi Al Rais. – Shuni ta'kidlab o‘tmoqchimanki, dastur uzoq muddatli bo‘ladi, ya'ni biz XFSga bir martalik parvoz bilan cheklanmoqchi emasmiz».
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025