Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada eng yirik jinoiy to‘dalardan birining qariyb 30 a'zosi qo‘lga tushdi
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi eng yirik jinoiy to‘dalardan biri – «Ko‘rfaz klani»ning 28 a'zosi qo‘lga olindi.
Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida xabar bergan.
«Kolumbiya politsiyasini «Ko‘rfaz klani»ga qarshi «Odisseya» amaliyoti natijalari bilan tabriklayman: 28 kishi qo‘lga olindi. Biz jinoyatchilik bilan kurashda oldinga qarab ketayapmiz», - deya yozdi u.
Avvalroq Kolumbiya prezidenti Venesuelaga harbiy yo‘l bilan bostirib kirish qo‘llab-quvvatlanmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
00:05 / 18.04.2025
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
18:07 / 19.03.2025