Jamiyat | 09:26 / 27.09.2017
33183
2 daqiqa o‘qiladi

To‘yi kuni cho‘kayotgan bolani qutqargan kuyov surati ommalashib ketdi

Foto © facebook.com/hattphotography/

Kanadaning Ontario viloyatidan bo‘lgan Kleyton va Brittani Kukning nikoh to‘yi ularning hayotidagi eng yorqin lahzalardan bo‘lib qolishi aniq. Chunki aynan shu kuni kuyov Kleyton nikoh fotosessiyasi o‘tayotgan joy yonidagi daryoga tushib ketgan kichik bolani qutqarib qoldi. U cho‘kayotgan bolani payqab, darhol o‘zini suvga tashlagan va bolakayni qirg‘oqqa olib chiqqan. Suratkash ham bu vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, bu hayajonli onlarni muhrlashga tushib ketgan. U keyinroq bu suratlarni Feysbukdagi sahifasida joylashtirgan.

Foto © facebook.com/hattphotography/

Bolalar qurshovidagi Kleytonning suratlari bir ondayoq virus kabi tarqalib, ijtimoiy tarmoqda 3,5 mingdan ko‘proq layk to‘plagan. CTV nashriga berilgan intervyuda kelin Britani u turmush o‘rtog‘ini aynan uning jasurligi va chaqqonligi sababli sevib qolganini aytgan.

“Bu go‘yoki taqdirga o‘xshaydi – biz u yerda bo‘lishga majbur bo‘lganmiz”, deb aytgan Britani.

Mavzuga oid