Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov: «O‘FFda ishlagan xodimlar 90 foizga yangilanadi»
O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov tashkilotda eski rahbarlar bilan ishlagan xodimlar bo‘yicha savolga javob berdi.
— Eski rahbariyat bilan ishlagan shunday xodimlar borki, bugungi futbol muxlisining ulardan toqati toq bo‘lgan. O‘sha rahbar bo‘lib ishlagan mutaxassislar umuman muxlislar, jurnalistlar orasidagi obro‘sini to‘kib bo‘lgan. Istasangiz ism-familiyasi bilan aytishim mumkin. Misol ilgari tashkil qilingan Terma jamoalar markazi rahbari bo‘lib ishlagan Asqar Tolibjonov, yoki PFL rahbari Farxod Magomedov. Bularga hurmat saqlagan holda aytish kerak. Ular o‘ziga bildirilgan ishonchni umuman oqlay olmadi, vazifasini bajara olmadi. Shu kabi O‘FF va PFL obro‘sini to‘kib bo‘lgan mutaxassislar bilan birga ishlashda davom etasizmi yoki qandaydir o‘zgarishlar bo‘ladimi?
— Umuman O‘FF va PFLda ham eski shtatlar jadvali qayta ko‘rib chiqilmoqda. Yaqinda e'lon beramiz, tashkilotga qo‘yilgan talablar bo‘yicha ishga taklif qilinadi. Kimgadir yoqsa-yoqmasa ham aytishga majburman: O‘FFda ishlab kelgan xodimlar 90 foizga yangilanadi, deya gapirib o‘tdi Ahmadjonov.
Mavzuga oid
21:59 / 09.11.2020
Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
20:22 / 13.06.2019
«Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uchun muxlislar bizdan rozi bo‘lishsin». O‘FAdan ketgan Umid Ahmadjonov bilan intervyu
15:20 / 13.06.2019
Tribuna.uz: Umid Ahmadjonovning o‘rnini Ravshan Ermatov egallashi kutilmoqda
13:58 / 13.06.2019