Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston AQShga 300 mln dollarlik uran yetkazib beradi
O‘zbekiston Amerika Qo‘shma Shtatlariga 300 mln dollar qiymatiga teng uran konsentrati yetkazib beradi. Bu haqda Xalqaro Press-klubning 27 sentabrdagi sessiyasida O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, O‘zbekiston AQSh bilan uran savdosi bo‘yicha yirik bitim imzolagan.
“Uran yetkazib berish bo‘yicha shartnoma uzoq muddatli bo‘lib, 7 yilga mo‘ljallangan. Uning qiymati 300 mln dollarni tashkil etadi. Bitim shartlariga ko‘ra, uran (konsentrati) qiymati birja savdolaridagi narxlarga bog‘liq bo‘ladi, - dedi tashqi savdo vaziri. – Shunga binoan, aytish mumkinki, bu bitim boshqa ayrim uran yetkazib beruvchi mamlakatlarning shartnomalariga qaraganda ancha foydaliroqdir”.
Foto: Xalqaro Press-klub
O‘zbekiston uran zaxirasi bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinda, qazib olish hajmi bo‘yicha 7-o‘rinda turadi.
So‘nggi chorak asrda O‘zbekiston uran konsentrati Yaponiyaga yetkazib berilgan. Uning Hindistonga yetkazib berilish masalasi ham muhokama qilingan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025