Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston suveren reyting olish tadorigini ko‘rmoqda
O‘zbekiston xalqaro suveren reytingi olish borasida faol ish olib bormoqda. Bunda Citibank (City Group) maslahatchi vazifasini bajarishi mumkin. Xalqaro Press-klubning 27 sentabrdagi majlisida ishtirok etgan Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning fikricha, bu masalani banklar konsorsiumi yordamida hal etish mumkin bo‘ladi.
“Biz suveren reyting olishning ilk bosqichida turibmiz. Citibank maslahatchimiz bo‘ladi. Bu banklar konsorsiumi bo‘ladi. Suveren mustaqil kredit reytingini olish uchun arizani rasmiylashtirish dasturi Prezident tomonidan yaqin orada tasdiqlanadi”, — dedi Qo‘chqorov.
Uning aytishicha, mamlakat hukumati suveren reytingni xorijdan sarmoya jalb qilish vositalaridan biri sifatida baholamoqda.
O‘zbekistonning yirik banklari va kompaniyalari ushbu reyting olinganidan so‘ng, shu kabi reytingni olishlari va bozorda mablag‘larni jalb qilishlari mumkin bo‘ladi. Respublikaning suveren kredit reytingini olishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar kengayishiga, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda banklar va korxonalarga jahon moliya bozorlarida past foiz stavkalarida kreditlar jalb qilishiga yordam beradi.
Xalqaro Press-klubda ma'lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga safari va Jahon banki rahbariyati bilan uchrashuvidan keyin Jahon banki O‘zbekistonga ajratadigan kreditlar papkasini 2 barobarga oshirib, 2 mlrd dollardan 4 mlrd dollarga yetkazish masalasini muhokama etmoqda.
Mavzuga oid
19:28 / 18.12.2024
Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari 2 yilda 4 marta oshiriladi. Lekin bu ham yetarli emasligi aytilmoqda
14:14 / 18.12.2024
“Energetika sohasini subsidiyalash 2028 yildan to‘xtatiladi” – Jamshid Qo‘chqorov
18:33 / 26.11.2024
“Judayam murakkab savol” - Qo‘chqorov tibbiyot xodimlarining maoshi haqida
17:11 / 26.11.2024