Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya WADA axborotchisi Rodchenkovni sirtdan hibsga oldi
Moskva Basman sudi Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) axborotchisi Grigoriy Rodchenkovni qamoqqa olish to‘g‘risida sirtdan order berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti sud matbuot kotibi Yunona Tsarevaga asoslangan holda.
"Sud sirtdan ushlash choralarini qo‘lladi", - degan u.
Tsareva so‘zlariga ko‘ra, Moskva aksildoping laboratoriyasining sobiq rahbariga RF JKning 201-moddasi 2-qismi (mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Hibsga olish muddati 2 oy etib belgilangan. Rodchenkovning Rossiya sportida ommaviy dopinglar qo‘llash dasturi borligi haqidagi bayonoti rossiyalik sportchilarni yirik xalqaro turnirlardan chetlatishga olib keldi.
Shundan so‘ng, WADA tergov o‘tkazib, XOQga barcha rossiyalik sportchilarni Olimpiada o‘yinlaridan chetlatishni tavsiya qildi. Rossiya rasmiylari Rodchenkov bayonotini butunlay rad etadi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi
18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi
19:08 / 07.08.2024