Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayol tug‘ruq bo‘limiga yetib bormadi va liftning o‘zida onaga aylandi (video)
Homilador ayol Sharqiy Xitoydagi Venshan okrugi shifoxonasining tug‘ruq bo‘limiga liftda ko‘tarilayotganda, to‘satdan uni to‘lg‘oq tuta boshladi hamda u kabinaning o‘zida farzandini dunyoga keltirishni boshladi. Hodisa kuzatuv kameralariga olingan.
Kadrlardan ko‘rish mumkinki, liftning operatori uni darhol to‘xtatadi hamda barcha yo‘lovchilardan chiqib ketishni so‘raydi, deya xabar bermoqda Mirror.
Ayolni tug‘ruq palatasiga olib borishga juda kech edi, shuning uchun shifokorlar chaqaloqni liftda tug‘dirishga qaror qilishdi. Kichkintoy tug‘ilgandan keyin, tibbiyot xodimlari uning kindik ichakchasini kesmaslikka qaror qildilar va uni onasi bilan birga zambillarda olib chiqib ketishdi.
Qayd etilishicha, bola sog‘lom tug‘ilgan va hozirda uning hayotiga hech narsa xavf solayotgani yo‘q.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025