Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridadagi qariyalar uyida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi
AQShning Florida shtatidagi Gollivud shahrida "Irma" dovuli sababli elektr energiya bo‘lmagan va konditsionerlar ishlamagan qariyalar uyida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq 8 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Shahar politsiya boshqarmasi boshlig‘i Tom Sanchesning aytishicha, ushbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda. Florida gubernatori Rik Skottning aytishicha, aybdorlar qattiqqo‘llik bilan jazolanadilar. CNN telekompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, yuz bergan hodisadan keyin Florida rahbariyati shtatdagi 40 dan ko‘proq qariyalar uyida saqlanuvchilarning parvarishlanishi sharoitlarini tekshirishga qaror qilgan.
Floridada dovul vaqtida va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida yana kamida 13 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:41 / 17.04.2025
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
12:20 / 15.02.2025
AQShda 104 yoshli ayol tug‘ilgan kunini qamoqxonada nishonlashni istadi
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
12:05 / 11.10.2024