Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Rossiyadan "Kalibr" turidagi qanotli raketalarni xarid qilmoqchi
Hindiston mudofaa vaziri Nirmala Sitxamaran vazirlikning mamlakat harbiy-dengiz kuchlari uchun Rossiyaning "Kalibr" qanotli raketalarining eksport versiyasi Club-N’ni xarid qilmoqchiligini e'lon qildi.
"Klub"larni avvalgi seriyadagi "Kora" sinfidagi raketa korvetlariga va "Dehli" sinfidagi fregatlarga o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Yangiroq kemalarni esa "BraMos" raketalari bilan jihozlash mo‘ljallanmoqda, deb xabar berdi India Today nashri.
Hindistonda bunday raketa majmualariga ega kemalar bor, bular: Rossiyada qurilgan "Talvar" turidagi fregatlar va Hindistonda "Talvar" negizida qurilgan "Shivalik" turidagi fregatlardir.
Avvalroq Rossiya prezidentining harbiy-texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Vladimir Kojin "Kalibr" raketalari Suriyada bir necha bor muvaffaqiyatli qo‘llangandan keyin ularga talab oshganini ma'lum qilgandi.
Ta'kidlanishicha, xorijiy xaridorlar, shuningdek, Rossiyaning Club-N va Club-S (suv osti kemalari uchun) raketalari o‘rnatilgan kemalariga qiziqish bildirishmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025