Jahon | 15:30 / 29.09.2017
14650
2 daqiqa o‘qiladi

Mumbayda yuz bergan tiqilinch oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Hindistonning Mumbay shahri yaqinidagi temir yo‘l qatnovi bekatida yuz bergan tiqilinch oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ANI agentligi xabar qilmoqda.

Voqea juma kuni ertalab Prabhadevi (sobiq Elfinstoun Roud bekati) va megapolisning janubiy qismida joylashgan Parel stansiyalari o‘rtasidagi yer ustidan o‘tish yo‘lagida sodir bo‘lgan.

Hodisaning aniq sababi hozircha aniqlanmadi. Politsiya ro‘y bergan voqeaning barcha detallarini oydinlashtirish uchun surishtiruv ishlarini o‘tkazish lozimligi haqida ma'lum qildi. Shu bilan birga, OAVning ta'kidlashicha, Mumbayda juma kuni ertalab kuchli yomg‘ir kuzatilgan, natijada shahar va uning atrofidagi aholi yomg‘ir sabab ko‘chalarni suv bosishi va tirbandliklardan xavotir olib, shahar atrofidagi poyezdlardan foydalanishga qaror qildi. Bu shahar atrofidagi poyezdlarda yo‘lovchi oqimining o‘sishiga olib kelgan. Prabhadevi va Parel bekatlari o‘rtasidagi o‘tish yo‘lagi esa eng gavjum joylardan biridir.

Mavzuga oid