Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Wall Street Journal’ning Yevropa va Osiyodagi bosma versiyalari chiqarilishi to‘xtatiladi
AQShning har kuni chop etiluvchi The Wall Street Journal nashri o‘zining Yevropa va Osiyodagi bosma versiyalari chiqarilishini to‘xtatmoqda. Bu haqda nashrning saytida ma'lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, gazeta "bosma mahsulotlar bozori yaxshi zamonlarni boshdan kechirmayotgan vaqtda elektron versiyasini chiqarishga e'tiborini qaratmoqchi".
29 sentabrda nashrning Yevropadagi versiyasi so‘nggi marta peshtaxtalarda paydo bo‘ladi. Uning Osiyodagi versiyasi bosilishi esa bir hafta keyin to‘xtatiladi. Shundan keyin ikkala mintaqadagi ba'zi davlatlar poytaxtlarida gazetaning AQShdagi versiyasi sotilishi mumkin. Nashrning xorijdagi tahririyatlari xodimlari materiallarni yig‘ish va tayyorlashni davom ettirishadi.
Gazeta o‘zining Osiyo davlatlari uchun alohida nashrini 1976 yildan, Yevropadagisini esa 1983 yildan chop eta boshlagan. Ta'kidlanishicha, oxirgi yillarda savdo va reklamadan olinadigan daromadlarning keskin pasayishi, elektron OAV rivojlanishi gazetaning xorijdagi versiyalari bosilishini norentabelga aylantirdi.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
23:21 / 15.05.2025