Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 100 dan ortiq harbiyni hibsga olish uchun order berildi
Turkiya hukumati 2016 yil iyul oyida Turkiyada davlat to‘ntarishini tashkil etishda ayblangan FeTO («fathullohchilarning terrorchilik tashkiloti») tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 117 nafar harbiyni hibsga olish uchun order berdi.
Bu haqda juma kuni Anadolu agentligi xabar tarqatdi.
Respublika xavfsizlik kuchlari mamlakatning 45 viloyatida harbiylarni ushlash bo‘yicha amaliyotlarni boshlashdi. Uning markazi Turkiya g‘arbidagi Izmir shahridir. Dünya gazetasiga ko‘ra, zobitlarning aksariyati qo‘lga olinib bo‘lindi.
2016 yil 15 iyulda Turkiya QK askarlari va zobitlari guruhi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga harakat qilib ko‘rdi. Asosiy qarama-qarshilik Istanbul va Anqarada ro‘y berdi: isyonchilarni hisobga olmagan, 250 kishi halok bo‘ldi, ikki mingdan ortiq inson jarohatlandi. Isyonga tayyogarlik ko‘rish va bu rejalarni amalga oshirishda Anqara AQShda 1999 yildan buyon yashab kelayotgan islomiy muxolifatchi Fathulloh Gulen va FETO tashkilotini ayblamoqda. Turkiya hukumati unga qarshi choralar doirasida davlat apparati va armiyani keng miqyosda tozalashga kirishdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025