Fan-texnika | 13:48 / 30.09.2017
22999
3 daqiqa o‘qiladi

Yoqilg‘i quyish stansiyalarini unutish imkonini beruvchi sedan yaratildi

Foto: Sunswift

Dunyo elektrokarlarga «mukkasidan ketdi», hamda bugungi kunda bunday mashinalarni hattoki talabalar ham yaratmoqda. Yaqinda, bir guruh talabalar quyosh paneli bo‘lgan elektrdvigateldagi sedanni taqdim etishdi, u mavjud quvvatni «yeb qo‘yishiga» qaraganda tezroq quvvat oladi.

Ba'zan, haqiqatan ham yangi narsani yaratish uchun u qadar katta tajribaga ega bo‘lmagan yosh iste'dodlarga ruxsat berish kerak. Ushbu bayonot g‘alati tuyulishi mumkin, biroq Yangi Janubiy Uels Universitetida yaqin kelajakda Bridgestone World Solar Challenge tanlovida ishtirok etishi lozim bo‘lgan oltinchi avloddagi elektrokarni ishlab chiqib, shunday yo‘l tutishdi. Mashina Sunswift Violet deb ataldi va uni ishlab chiqish bilan faqat talabalar shug‘ullandi.

Foto: Sunswift 

Yosh iste'dodlarning elektromobili qiziqarli chiqdi. Uning dizayni shov-shuvga sabab bo‘lmoqda – u juda noodatiy ko‘rinishga ega. Biroq, shakllar va konstruktorlik yechimlari murakkabligi uchun sedan osongina taniladi.

Foto: Sunswift 

Sunswift Violet juda katta mashina emasdek ko‘rinishi mumkin, lekin aslida salonda haydovchi va yana uch yo‘lovchi bemalol joylashadi. Boshqacha aytganda, bu oilaviy avtoulovning o‘ziga xos namunasidir.

Foto: Sunswift 

Mashina deyarli butunlay alyuminiy va uglerod tolasidan tayyorlangan. Bu, bir tomondan, unga juda yengillikni bersa, boshqa jihatdan – uning konstruksiyasini mustahkam qiladi.

Foto: Sunswift 

Darrov kapot va elektrokar tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari ko‘zga tashlanadi. Avto aynan ulardan quvvat oladi. Albatta, bu quvvatning asosiy manbai emas. Dvigatel litiy-ionli akkumulyatorlardan «oziqlanadi».

Foto: Sunswift 

Sunswift Violet’ni yaratgan jamoaning asosiy yutug‘i shundaki, ular harakatlanish chog‘ida elektr energiyasini iste'mol qilish darajasini sezilarli darajada kamaytirdilar. Talabalar bulutli ob-havoda avtoulov yonilg‘iga ehtiyoj sezmasdan 3 ming kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkinligini ta'kidlashdi. Shu bilan birga, sedan ichida qulaylik uchun barcha narsa bor: axborot-ko‘ngilochar markazi va konditsionerdan tortib, o‘z Wi-Fi nuqtasiga qadar.

Foto: Sunswift 

Sedanning maksimal tezligi 130 km/soat. Avtomobil 60 km/soat tezlikda quyosh panellari bo‘lmagan holda 800 kilometr masofani bosib o‘tadi. Mashina 1,5 kVt.lik ikkita elektrodvigatelda ishlaydi. Aytgandek, bu yangilikning og‘irligi 380 kilogrammni tashkil qiladi. Aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti 0,2 punkt.

Mavzuga oid