Singapurda iPhone X uchun dunyodagi eng qimmat chexol namoyish etildi
Singapurning Gray International kompaniyasi iPhone X smartfoni uchun chexollar to‘plamini ishlab chiqdi. Uning har birining narxi esa, gadjyet qiymatidan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin.
Aksessuarlar butun titan yombidan yasalgan bo‘lib besh rangda havola qilingan — Titanium, Stealth, Gold, Rose Gold va Aurora. Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishlaricha, maxsus tuslar olov yordamida qayta ishlanganida olinadi.
Uning eng arzoni xaridorga 645 dollarga aylanadi. Gold va Rose Gold namunalari deyarli iPhone X kabi 1145 dollar. Gadjyetni 1,2 ming dollarga xarid qilsa bo‘ladi, eng qimmat chexol esa, 1,3 ming dollarga baholanmoqda.
Apple korporatsiyasi 12 sentabr uni yangi avlod smartfonlari turkumi — iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X telefonlarini taqdim etgan edi.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024