Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘t o‘chiruvchilarga mukofot reyting baholash natijalariga ko‘ra beriladi
Vazirlar Mahkamasining 27.09.2017 yildagi 772-son qarori bilan Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining yong‘in xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yong‘inlarni o‘chirish bo‘linmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini pul mukofoti bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
O‘rnatilishicha, yuksak kasb mahoratini namoyish qilayotgan va yong‘inlarning oldini olish hamda o‘chirishga salmoqli hissa qo‘shayotgan xodimlar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
• yong‘in xavfsizligi inspektorlari - har chorak yakuni bo‘yicha biryo‘la pul mukofoti bilan;
• yong‘inlarni o‘chirish bo‘linmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilari - yil yakunlari bo‘yicha biryo‘la pul mukofoti bilan.
Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari ularning ishini tasdiqlangan mezonlarga asosan baholash natijasida mukofotlanadi. Ularning kasbiy yaroqliligi IIV tomonidan ishlab chiqilgan reyting tizimi asosida baholanadi. Bunda moddiy taqdirlashning ikki toifasi ko‘zda tutilgan:
• 1-toifa – lavozim maoshining 100%i miqdorida;
• 2-toifa – lavozim maoshining 50%i miqdorida.
Yongin xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari) boshliqlarining bildirgilari buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi. Buyruqning matni taqdirlashga tavsiya etilgan xodimning bajargan ishining asoslangan bahosini, taqdirlash uchun asosni hamda uning toifasini o‘z ichiga oladi.
Hujjat 28.09.2017 yilda kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.05.2025
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi
11:38 / 02.04.2025
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi
14:18 / 03.02.2025