Jahon | 16:00 / 01.10.2017
12991
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: AQShda prezident iste'fosi talab qilingan ijtimoiy banner paydo bo‘ldi

AQShning Kaliforniya shtatidagi katta magistral yo‘l yoqasida prezident Donald Trampning impichmentini talab etuvchi ijtimoiy banner paydo bo‘ldi. Prezident iste'fosini talab etishga targ‘ib etuvchi banner Oklenddan San-Frantsiskoga ketish yo‘lida o‘rnatilgan.

Foto: © Twitter/CBS News

CBS News xabariga ko‘ra, ushbu tashabbus muallifi «Jasorat kampaniyasi» tashkiloti bo‘lib, ular bu ulkan ijtimoiy banner hozircha prezident iste'fosi haqida so‘z ochishni istamay turgan Kongress a'zolariga bosim o‘tkazishidan umid qilishmoqda.

«​Bundan avvalgi prezidentlar ham qo‘l urmagan, rahbar etikasiga xos bo‘lmagan nomaqbul harakatlari bilan Donald Tramp AQSh tarixidagi eng yomon davlat yetakchisi bo‘lib qoladi»​, deydi tashkilot direktori Eddi Kurtz.

Ayni kunlarda esa prezident harakatlarini parodiya san'ati orqali tanqid qilib kelayotgan aktyor Alek Bolduin yana Saturday Night Live dasturiga qaytgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Foto: © Twitter/The Hill‏

Eslatib o‘tamiz, u joriy yilning sentabr oyida aynan AQSh prezidenti Donald Tramp parodiyasini yaratgani uchun «Emmi» mukofotiga loyiq deb topilgandi.

Mavzuga oid