Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Kataloniyadagi referendumni qonuniy deb topmadi
Kataloniyada o‘tkazilgan mustaqillik referendumi Ispaniya konstitutsiyasiga ko‘ra noqonuniydir. Bu haqda Bryusseldagi matbuot anjumani vaqtida Yevrokomissiya rasmiy vakili Margaritis Sxinas ma'lum qildi. Shu bilan birga u tomonlarni ochiq muloqotga chaqirib, siyosiy muammolarni zo‘ravonlik bilan hal etmaslikni so‘radi.
«Bu Ispaniyaning ichki ishi, bu masala Ispaniya qonunlari doirasida hal etilishi kerak»,— deya janob Sxingasning so‘zlarini keltirgan Reuters agentligi.
Sxingas shuningdek, bugun Yevrokomissiya rahbari Jan Klod Yunker hamda Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi haqida ma'lum qilgan.
Bugun tongda Kataloniya hukumati Ispaniyadan mustaqil bo‘lish bo‘yicha referendum yakunlariga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi. Unda ma'lum qilinishicha, Kataloniya mustaqilligi uchun referendumda ishtirok etgan 2 milliondan ortiq kishining 90 foizi ovoz bergan. Ispaniya hukumati ovoz berish natijalarini noqonuniy deb topdi.
Ammo OAVda referendum vaqtida Ispaniya politsiyasi tomonidan kataloniyaliklarga nisbatan qo‘llangan zo‘ravonliklar keng muhokama etilmoqda.
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
20:51 / 15.04.2025
YeI migrantlar qaytarib yuboriladigan yettita xavfsiz mamlakatni aniqlaydi
21:07 / 28.03.2025