Las-Vegasdagi otishma qurbonlari 50 nafarga yetdi

Foto: Reuters
Las-Vegas politsiyasi Mandalay Bay kazinosi yaqinida sodir etilgan otishma oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 nafarni tashkil etayotgani haqida ma'lum qildi.
Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jarohatlanganlar soni 200 nafardan ortiq. Jabrlanuvchilar orasida huquqni muhofaza qilish xizmatlari xodimlari ham bor.
Politsiya ayni vaqtda fojia vaqtida yaqinlarini yo‘qotganlarga ko‘mak ko‘rsatish xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Shifoxonalarga qon topshirishni istaganlar kelmoqda. Facebook Safety Check funksiyasini ishga tushirgan.
Noma'lum shaxs 2 oktabrga o‘tar kechasi kazino oldidagi maydonda yig‘ilgan kantri-festival ishtirokchilariga qarata avtomatik quroldan o‘q yog‘dirdi. Keyinchalik politsiya uning o‘zini ham otib tashladi.
Mavzuga oid

23:41 / 17.04.2025
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor

10:18 / 31.03.2025
Murmanskda noma’lum shaxs ko‘p qavatli uyning tomidan o‘t ochdi

19:46 / 09.03.2025
Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi

22:26 / 02.03.2025