Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy olib berishini va'da qilib 7 700 dollarni o‘zlashtirgan ayol fosh etildi
Ohangaron tumanida, 2016 yilning avgust oyida Ohangaron tumanida yashovchi, uy bekasi, 1964 yilda tug‘ilgan N.Sh. firibgarlik yo‘li bilan Andijon viloyatida yashovchi, uy bekasi, 1995 yilda tug‘ilgan G.N.ning ishonchini suiste'mol qilib, «Ohangaron tumanidan uy olib beraman» – deb aldab, undan 7.700 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.
Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025