Jamiyat | 09:29 / 03.10.2017
13856
2 daqiqa o‘qiladi

3 yillik qidiruvlardan keyin. Malayziyaning yo‘qolgan «Boing»i izsiz ketdi

Foto: AP

Hozircha qutqaruv ishlari to‘xtatildi, lekin biror bir ma'lumot payda bo‘lishi bilan hukumat ishlarni qaytadan boshlashga tayyor, deb xabar beradi TASS.

2014 yili Malayziyaning Hind okeanida g‘oyib bo‘lgan Boeing 777-200 avialaynerini qidiruv ishlari muvaffaqiyatsiz tugadi, lekin endi avvalgidan ko‘ra yuqoriroq ehtimol bilan u g‘arq bo‘lgan joy aniqlashtirilgan. Avstraliya transportda xavfsizlik byurosi (ATXB) xodimlari tomonidan seshanba kuni uch yildan ortiq davom etgan ishlarning yakuni haqida e'lon qilgan hisobotida shunday ta'kidlanadi.

«Qidiruv ishlariga jalb qilingan butun jahondagi yuzlab insonlarning ulkan sa'y-harakatlariga qaramasdan samolyot baribir topilmadi, — deyishgan hujjat tuzuvchilar. — Biroq ekspertlar uning aynan qayerda ekanligini bugungi kunda avvalgidan yaxshiroq tushunib turishibdi».

Deyarli uch yil davom etgan qidiruv ishlarida Avstraliyadan g‘arb tomonda joylashgan okeanning 120 ming kv.km.dan ortiq ulkan hududi tadqiq etib chiqildi, biroq yo‘qolgan havo kemasining biror izi topilmadi. Ishlar shu yilning yanvarida to‘xtatildi. Biroq Xitoy, Malayziya va Avstraliya transport vazirlari «samolyotning aniq joyini aniqlashga ko‘mak beradigan yangi va ishonchli ma'lumot paydo bo‘lishi bilan» qutqaruv ishlari yangilanishini ma'lum qilishgan.

ATXB hisoboti mualliflari «toki samolyot topilmas ekan, MH370ning yo‘qolish sabablari oydinlashmasligi»ni tan olishgan. Shu sababli, «MH370ga doir fakt va (yo‘qolishga oid) sabablar bo‘yicha surishtiruvni Malayziya hukumati davom ettirishi»ni ta'kidlab o‘tishgan.
 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid