Fotoreportaj: Toshkentda xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
2017 yilning 3-5 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” da “Ipak yo‘lida turizm” nomli 23-Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. 23-Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasi (TXKT) turizm sohasidagi eng yirik anjuman bo‘lishi bilan birgalikda, nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo hududi mamlakatlari uchun muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.
TXKT 1995 yildan beri BMTning Jahon Turizm Tashkiloti (YuNVTO) rasmiy yordami bilan o‘tkazib kelinmoqda. Har yili ko‘rgazmada dunyoning barcha mamlakatlaridan kelgan turistik biznes sohasidagi taniqli mutaxassislar yig‘ilishadi.
KUN muxbiri ushbu ko‘rgazmaning birinchi kunidan maxsus fotoreportaj tayyorladi.
TXKT 2017 ko‘rgazmasi mobaynida “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida “Ipak yo‘li ta'mi” nomli Milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Ochiq maydonda 10 dan ortiq tematik mavzularda turli taomlar namoyishi o‘tkazilib, ularning har birida O‘zbekiston hududlarining gastronomik mahsulotlarini ta'tib ko‘rish imkoniyati yaratilgan.
Joriy yilda “Hosted Buyers” dasturiga muvofiq 28 ta xorijiy mamlakatlar, jumladan – Ozarbayjon, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Quvayt, Latviya, Litva, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Oman qirolligi, Pokiston, Polsha, Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Tayland, Tojikiston, Ukraina, Fransiya va Yaponiya turizm kompaniyalari va OAVlarning 60 dan ortiq vakillari ishtirok etishmoqda. Xorijiy hamkorlar va turistik kompaniyalar bilan o‘zaro mustahkam aloqalar o‘rnatish maqsadida B2B uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilib, ularga muvofiq 100 dan ortiq mahalliy kompaniyalarning ishtiroki belgilab qo‘yilgan.
Xalqaro turizm ko‘rgazmasi 5 oktabrgacha davom etadi.
Mavzuga oid
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024