Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda uch talaba selfi qilish vaqtida poyezd ostida qolib ketdi
Hindistonning Karnatake shtatida 3 talaba selfi qilishga urinib, poyezd g‘ildiraklari ostida halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekompaniyasi xabar berdi.
Politsiyada ma'lum qilinishicha, ikki yigit jasadi o‘rnatilgan, ular Bangalordagi milliy kollejda tahsil olishgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining taxminicha, yigitlar suratga tushishga urinib, poyezdgacha bo‘lgan masofani to‘g‘ri chamalay olishmagan.
O‘tgan haftada ham shu kollejning bir talabasi o‘limi bilan yakunlangan voqea sodir bo‘lgandi. Halok bo‘lgan talabaning do‘stlari selfiga tushish vaqtida ortlarida do‘stlari cho‘kayotganini bilmay qolishgan. Talabaning cho‘kkani esa suratlar ko‘zdan kechirilganda aniqlangan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
07:39 / 22.05.2025