Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ADWEEK 2017 Marketing va reklama haftaligi tanlov e'lon qiladi
4 oktabr kuni Toshkentda OAV vakillari uchun ADWEEK 2017 Marketing va reklama haftaligiga bag‘ishlangan ilk rasmiy matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.
Marketing va reklama sohasining eng yirik va yorqin tadbiriga aylanib ulgurgan ADWEEK 2017 Haftaligi 2018 yilning 26 fevralidan 2 martigacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida ko‘rgazma, anjuman va ADWEEK tanlovi kabi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma 3 kun davomida (2018 yilning 28 fevralidan 2 martigacha) Toshkentning «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
ADWEEK ko‘rgazmasi - bozor iqtisodiyoti va reklama industriyasining zamonaviy talablariga javob bera oladigan brendlar, marketing loyihalari va reklama kampaniyalarini qo‘llab-quvvatlash, yangilarining yuzaga kelishiga ko‘maklashishdan iborat. Bozorda faoliyat yuritayotgan reklama agentliklari, dizayn-studiyalari, web-studiyalar, poligrafiya tashkilotlari, media agentliklar, marketing agentliklari, video mahsulot ishlab chiqaruvchilari, suvenirlar va esdalik sovg‘alar ishlab chiqaruvchilari o‘zaro bellashish imkoniga ega bo‘lishadi.
ADWEEK anjumani ham «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida ikki kun davomida (28 fevraldan 1 martgacha) taqdimotlar, mahorat darslari, panelli muhokamalar ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi.
ADWEEK tanlovi esa yangi sarmoyadorlar, hamkorlar va iste'molchilar diqqatini jalb etish hamda mahalliy mahsulotlar va brendlarni rivojlantirishda noan'anaviy marketing va reklama yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Tanlov 2017 yilning oktabridan boshlanadi va 5 oy davom etadi.
ADWEEK 2017 marketing va reklama haftaligi doirasidagi tanlov quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Video
2. Brending
3. Print & Outdoor
4. Audio
5. Integratsiyalashgan loyiha
6. SMM
7. PR
8. WEB
9. Indoor& Exhibition
10. Kontsept (Mazmun)
11. BTL&Event marketing
12. Ijtimoiy reklama
Tadbirkorlik sub'yektlari (ishlab chiqaruvchilar yoki mijozlar) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan kelib chiqqan holda yaratilgan o‘z mahsulotlari namunalari bilan ishtirok etish uchun quyidagi amallarni bajarishlari lozim:
1. [email protected] eletron pochtasiga ariza yuborish;
2. Haftalikning rasmiy www.adweek.uz, saytida tegishli toyifa bo‘yicha ariza topshirib ro‘yxatdan o‘tish.
Tanlov g‘oliblariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha «Eng yaxshi» unvoni taqdim etiladi va barcha taqdimotlarda, OAV xabarlarida ishlatish huquqi beriladi.
Mavzuga oid
16:43 / 29.04.2025
«Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari o‘tkaziladi
19:55 / 18.01.2025
“Uchinchi shaxslar aralashuvi” – millionlab o‘zbekistonliklar Angliyada ishlash uchun ariza topshirgan tanlov bekor qilindi
16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
19:41 / 30.10.2024