O‘zbekiston | 12:35 / 05.10.2017
45434
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Almazbek Atamboyev Toshkentga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 5 oktabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi

O‘zA xabar berishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev va uning rafiqasini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan kutib oldi. 

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidentining 5-6 sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar. 

O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. 

Prezidentlarning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid