Fotofakt. Qozog‘iston terma jamoasi «Ruminiyani qo‘rqitish uchun kuchliroq O‘zbekiston terma jamoasidan foydalandi»
JCh-2018 saralash bosqichi Yevropa mintaqasida musobaqalarda ishtirok etayotgan Qozog‘iston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazish uchun Ruminiyaga yetib keldi.
Ahamiyatli tomoni, Qozog‘iston terma jamoasi Ruminiyaga qilgan parvozini «O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotida amalga oshirdi. Bu qozog‘istonlik internet foydalanuvchilarining turli hazillariga sabab bo‘ldi.
Fanatik.kz sayti «Qozog‘iston terma jamoasi yoki O‘zbekiston» nomli xabarida bunga hazilomuz izoh qoldirdi:
«Ayyorona yurish: terma jamoamiz ruminiyaliklarni cho‘chitish uchun o‘zidan kuchliroq raqib qiyofasiga kirib oldi».
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Ruminiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvi 5 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:03 / 21.03.2019
Qozog‘iston Yevro-2020 saralashini yirik g‘alaba bilan boshladi
16:00 / 30.01.2018
Qozog‘iston O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishga nomzod bo‘lgan murabbiyni ilib ketishi mumkin
08:13 / 11.10.2017
AQSh JCh-2018’ga chiqa olmadi, panamaliklar musobaqada ilk bor qatnashadi
08:08 / 11.10.2017