Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyevning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi
Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident rasmiy saytida xabar berilgan.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Qirg‘izistonning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Shundan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:36 / 18.08.2023
Prezident tadbirkorlar uchun qanday yengilliklarni e’lon qildi?
14:23 / 18.08.2023
«Kudbiyev degan kattakon, senga baho bu» - Shavkat Mirziyoyev qarsak chalgan tadbirkorlar soliqchilardan noroziligi haqida
16:38 / 28.10.2022