O‘zbekiston | 10:40 / 05.10.2017
14793
2 daqiqa o‘qiladi

Maxsus qabulxonalarda ma'muriy qamoq qanday o‘taladi?

Foto: Fotolia

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 sentabrdagi 734-son qarori bilan Ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Mazkur Nizom “Ma'muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonunga (2019 yil 10 yanvarda kuchga kiradi) muvofiq maxsus qabulxonalar faoliyatini tartibga soladi.

Hujjatda maxsus qabulxonaning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish masalalari bayon etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 29-moddasiga ko‘ra, ma'muriy qamoqqa olish 3 sutkadan 15 sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun - 30 sutkagacha muddatga, ma'muriy ishlar bo‘yicha sudya tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.

Ma'muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, 3 yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga, I va II guruh nogironlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Ma'muriy qamoqqa olish ko‘rinishidagi jazo Kodeksning 5660116-1116-2131136137183184-1184-3187194195196-1201202-1204205210-1225-1239240241-moddalari bo‘yicha nazarda tutilgan.

Hujjat 2017 yil 25 sentabrda kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid