Jahon | 18:05 / 05.10.2017
7350
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva markazidagi mehmonxonada 66 ming migrant noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma'lum bo‘ldi

Moskva shahrida o‘tkazilgan "Noqonuniy muhojir-2017" maxsus operatsiyasi davomida qonunga xilof ravishda faoliyat yuritib kelgan migratsiya to‘lqini to‘xtatildi. Bu haqida IIV xabariga asoslanib, RBK ma'lum qildi. 

"Kosmo" MChJ xodimlari Moskvaga xorij fuqarolarini olib kirib, ularni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazdi. Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan bu ishga aloqador ikki kishi qo‘lga olingan: biri Rossiya fuqarosi bo‘lsa, ikkinchisi - Ukraina fuqarosi. Mazkur jamiyatning Myasnitskiy ko‘chasidagi bir yillik faoliyati davomida gumondorlar 66,8 ming kishini ro‘yxatdan o‘tkazishgan. 

"Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, Kosmo" MChJ - Myasniytskiy ko‘chasi, 15-uydagi mehmonxona, - deydi politsiya hududiy bo‘linmasidagi manba. - IIV migratsion ro‘yxatining "Hudud" ma'lumotlar bazasiga kiritilgan yozuvlarga ko‘ra, bu mehmonxonada Markaziy Osiyodan kelganlar yashagan. "Bu manzilda mehmonxona biznesi bilan hech kim shug‘ullanmagan", - qo‘shimcha qiladi RBK suhbatdoshi. 

Tintuvlar davomida tashkilotlar muhrlari, bir kunlik firmalarning yuridik hujjatlari, fuqaroligi bo‘lmagan chet el fuqarolarining kelganligi haqidagi xabar shakllari aniqlangan va tortib olingan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid