Peruda harbiy samolyot politsiya bo‘limiga borib urildi
Perudagi Masamari aviabazasida mamlakat harbiy-dengiz kuchlarining An-32 samolyoti politsiya bo‘limiga borib urildi. Bu haqda El Comercio nashri xabar bermoqda.
Nashrda ta'kidlanishicha, samolyot politsiya bo‘limiga urilishidan oldin uchish-qo‘nish yo‘lagi tashqarisiga chiqib ketgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea samolyot tormoz tizimining nosozligi sababli yuz bergan. Voqeaning rasmiy sababi tergov yakunlangandan keyin ma'lum bo‘ladi.
Diario Correo nashrining ta'kidlashicha, voqea vaqtida samolyot bortida 70 ga yaqin harbiy bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, to‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Mavzuga oid

18:20 / 16.03.2025
Ochiq okeanda 95 kun qolib ketgan perulik baliqchi qutqarildi

14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi

14:22 / 16.11.2024
Peruda Xitoy sarmoyasiga qurilgan megaport ochildi

18:24 / 04.11.2024