Jahon | 16:45 / 05.10.2017
4321
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya, Eron va Iroq kurd neft liniyasini bloklashga doir qaror qabul qiladi

Foto: AP

Anqara, Tehron va Bog‘dod Iroq Kurdistoni siyosatiga qarshi chora ko‘rish maqsadida uch tomonlama mexanizmni yaratdi. Bu haqida payshanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bergan ma'lumotga asoslanib, NTV xabar berdi. 

"Uch mamlakat birgalikda Iroq Kurdistonidagi neft quvuri liniyasini yopishga doir qaror qabul qiladi", - dedi u. 

Turkiya va Eron ularning hududi orqali eksportga ketuvchi kurd neftini olishadi. 25 sentabr kuni Iroq Kurdistonidagi mustaqillik to‘g‘risidagi referendumdan keyin Anqara Erbilga qarshi sanksiyalar joriy qilishini e'lon qilgan. Kirkuk-Jyeyxan quvurlar liniyasidagi neft oqimini to‘xtatish ana shunday choralardan biri hisoblanadi. 

Iroq hukumati keskin qarshilik qilgan Iroq Kurdistoni mustaqilligiga doir referendum 25 sentabrda bo‘lib o‘tdi. Referendum va saylovlar bo‘yicha Kurd Oliy mustaqil saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, referendumda ishtirok etganlarning 90 foizdan ortig‘i Iroqdan ajralib chiqish istagini bildirgan. Erbilda refrendum yakunlarini ikki yilga muzlatish va ziddiyatlarni hal qilish uchun Bog‘dod bilan muloqotga kirishishga tayyorlik haqida ma'lum qilishdi. Federal hukumat referendum natijalari bekor qilinmagunga qadar muzokaralardan voz kechdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid