Olimlar eng “ahmoq” sun'iy idrokni ma'lum qilishdi
Xitoylik bir guruh tadqiqotchilar sun'iy idrokning turli tizimlarini tahlil qilib, Siri servisi ular ichida eng “ahmog‘i”, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda Business Insider yozmoqda.
Olimlar sun'iy idrok tizimlarini taqqoslashdi, hamda Google servisida IQ 43,7 ball darajasida ekanini aniqlashdi. Keyingi o‘rinlardan Baidu (33), Microsoft's Bing (32) va, nihoyat, Siri (24) joy olgan. Ta'kidlanishicha, Google bu tizimlar orasida yetakchilik qilayotganiga qaramay, servis insonlar idrokiga yaqinlashish uchun hali juda uzoq masofani bosib o‘tishi kerak. Taqqoslash uchun – 6 yoshli oddiy qizchada IQ 55,5 ballga teng.
Siri – shaxsiy yordamchi bo‘lib, uning dasturiy mijozi iOS, watchOS va Apple’dan macOS tarkibiga kiradi. Korporatsiya iPhone 4s’da dasturni ilk bor 2011 yilda qo‘llagan.
Mavzuga oid
16:55 / 10.10.2024
Qoyadagi fil va jirafa - odamlarni ishontirgan videolar sun’iy idrok mahsuli bo‘lib chiqdi
18:28 / 26.07.2023
Android uchun ChatGPT ilovasi ishga tushirildi
22:11 / 14.06.2023
Yevropa Ittifoqi sun’iy idrokni nazorat qilish yo‘lida birinchi qadamni qo‘ydi
23:17 / 31.05.2023