Jamiyat | 12:05 / 06.10.2017
19295
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan xorijga jo‘natiladigan posilkalarning og‘irligi o‘zgartirildi

“O‘zbekiston pochtasi” kompaniyasi 5 oktabrdan boshlab O‘zbekistondan yuboriladigan bir dona posilka jo‘natmasining og‘irligini 30 kg.gacha oshirdi.

Ma'lumki, shu kunga qadar bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 20 kg.gacha qabul qilingan va jo‘natib kelingan edi. Endi mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 30 kg.gacha oshirildi. Mijozlar joriy yilning 5 oktabridan boshlab 30 kg.gacha bo‘lgan xalqaro posilkalarni yuborish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

25-30 kilogrammli posilka uchun og‘irlik yig‘imi yer usti transportida 165-443 ming so‘mni va havo transporti orqali qaysi mamlakatga yuborilishiga qarab 187-543 ming so‘mni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid