Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 saralash, Yevropa. Uels mehmonda Gruziyadan ustun keldi
JCh-2018 saralash bosqichining Yevropa mintaqasi, D guruhida 9-turdan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida Gruziya terma jamoasi Uelsni qabul qildi.
Uchrashuv taqdirini 49-daqiqada mehmonlar vakili Lourensning kiritgan yagona goli hal qildi va unda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan keyin Uels terma jamoasi hisobidagi ochkolar soni 17taga yetdi. Endi jamoa bugun uchrashuvini o‘tkazadigan Serbiya terma jamoasidan bir ochko ortda qolayotgan bo‘lsa, Irlandiyadan (ularda ham bitta uchrashuv kam) 4 ochko oldinda bormoqda.
JCh-2018 saralash bosqichi. Yevropa
Gruziya – Uels 0:1 (0:0)
Gol: Lourens (49).
Gruziya: Loriya, Navalovskiy, Kashiya, Kakabadze, Kverkveliya, Kazaishvili, Kvekveskiri (Jigauri, 76), Merebashvili, Kankava, Gviliya (Xocholava, 89), Kvilitaya (Sxirtladze, 76).
Uels: Hennessi, Uilyams, Devis, Ganter, Chester, Remzi, Allen, Ledli (Edvards, 81), King, Lourens (Vudbyorn, 90), Vouks (Robson-Kanu, 74).
Mavzuga oid
17:17 / 25.11.2022
JCh-2022. Eron 90+8 va 90+11-daqiqadagi gollar evaziga Uelsni mag‘lub etdi
23:10 / 05.06.2022
O‘tish o‘yini. Uels Ukrainani mag‘lub etib, JCh-2022ga yo‘llanma oldi
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018