Jamiyat | 09:41 / 07.10.2017
18893
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik qiz smartfonda uzluksiz o‘yin o‘ynashdan keyin ko‘r bo‘lib qoldi

Xitoylik qiz smartfonda uzluksiz o‘yin o‘ynash oqibatida bir ko‘ziga ko‘r bo‘lib qoldi, deb xabar bermoqda South China Morning Post nashri.

Nashrning ta'kidlashicha, 21 yoshli qiz smartfonda uzukun to‘xtovsiz o‘yin o‘ynagach, oxir-oqibat ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi. Unga o‘ng ko‘z to‘r pardasi arteriyasi okklyuziyasi tashxisi qo‘yilgan.

Qizning aytishicha, u shunchalik o‘yinga mute bo‘lganki, ishdan keyin va dam olish kunlari uni to‘xtovsiz o‘ynash bilan mashg‘ul bo‘lgan. 

"Ishim bo‘lmagan kunda odatda ertalabki soat 6 da uyg‘onib, nonushta qilib, kunduzgi soat 4 gacha o‘yin o‘ynayman. So‘ngra men nimadir tamaddi qilib olib, uxlayman va tungi soat 1 gacha yana o‘ynayman. Ba'zida shunchalik o‘yinga berilib ketamanki, hatto u-bu narsa yeb olishni ham esdan chiqaraman", deb aytmoqda qiz.

Shifokorlardan birining aytishicha, qizda aniqlangan muammo asosan keksa odamlardauchraydi va kamdan-kam hollarda yoshlarda qayd qilinadi. Uning ta'kidlashicha, qizning ko‘r bo‘lib qolishiga ko‘zlarining haddan tashqari zo‘riqishi sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid