Jamiyat | 08:15 / 07.10.2017
53473
2 daqiqa o‘qiladi

Jasurbek Ibrohimov ishi: shifokorlar tinglandi

6 oktabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumani sudida P.Borovskiy kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimov o‘limi yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan sud majlisi davom etdi. Sud raisi va tomonlarning advokatlari kelishuviga ko‘ra, bu safar Jasurbekka tibbiy yordam ko‘rsatgan 2-sonli Shahar bolalar jarrohligi klinik shifoxonasi xodimlari ko‘rsatmalar berishdi. 

Dastlab ShBJKSh bosh vrachi muovini Tohir Hasanov Jasurbekning shifoxonaga keltirilganidan 16-son shahar klinik shifoxonasiga yetkazilganigacha bo‘lgan muddatdagi holatlar bo‘yicha o‘zi guvoh bo‘lgan jihatlarni so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Jasurbekda peritonit alomatlari borligi ancha kech aniqlangan. Chunki qorin bo‘shlig‘i havo borligi aniqlangan. Bu esa kovak a'zolarning birida patalogik o‘zgarishlar borligini anglatar edi. Ma'lum bo‘lishicha, jabrlanuvchining oshqozonosti bezi va o‘t pufagidan o‘n ikki barmoqli ichakka ulanadigan naychalari qismida yorilish yuz bergan. Shundan so‘ng, zudlik bilan jarrohlik amaliyoti tayinlangan. 

Keyingi ko‘rsatma beruvchi, 2-sonli ShBJKSh reanimatolog-anestiziolog Mahfuza Abdullayevaning izoh berishicha, Jasurbekka o‘z vaqtida aniq tashxisning qo‘yilmaganiga patalogik o‘zgarishga uchragan a'zo qorinning ichki tomonda joylashgani hamda boshqa a'zolar bilan himoyalangani sabab bo‘lgan. Uning aytishicha, uning 40 yillik ish tajribasida bunday holat birinchi marta kuzatilgan.

Shu bilan sud majlisi o‘z yakuniga yetib, navbatdagi sud majlisi  9 oktabrda davom ettiriladigan bo‘ldi. 

Mavzuga oid