Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiya harbiylari Suriyaga kirdi
Turklarning harbiy avtomobillari Suriyaning Idlib viloyatiga kirdi. Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalariga asoslangan holda xabar tarqatdi. Agentlik manbasi turkiyalik harbiylarni tashiyotgan bir necha mashinani ko‘rgani haqida aytib bergan.
Bundan oldinroq Turkiya harbiylari chegara hududida «Tahrir ash-Shom» tashkiloti jangarilari bilan to‘qnashgani haqida xabarlar berilgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rasmiy Anqara Idlibdagi xavfsizlikni ta'minlash uchun zarur choralarni ko‘rishi haqida ma'lum qilgandi.
«Turkiya suriyaliklar Halabdan Idlibga qochib o‘tishini e'tiborsiz qoldira olmaydi. Biz ularni taqdir hukmiga tashlab qo‘ya olmaymiz va ularga yordam qo‘lini cho‘zamiz. Bu yo‘nalishda zarur qadamlar tashlandi»,— degandi Turkiya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, may oyida o‘tkazilgan Ostona sammitida Suriyada 4ta deeskalatsiya hududi tashkil etish rejalashtirilgan — Idlib viloyatida, sharqiy Gutada, Homs va Der'a tumanlarida. Sentyabr oyi oxirida Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi «Amerika maxsus xizmatlari»ni Idlib viloyati hududidagi «Jyebhat an-Nusra» tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda ayblagandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025