Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu va Messi jahon chempionatida o‘ynamasa, FIFA katta miqdorda zarar ko‘radi
Brendlar bilan ishlash bo‘yicha mashhur mutaxassis Marsel Nobil Argentina, Portugaliya va Uels terma jamoalarining jahon chempionatidan qolib ketishi qanday oqibatlarga olib kelishi haqida gapirdi.
Uning fikriga ko‘ra, bunda FIFA katta foydadan quruq qoladi.
"Futbolda ham kinosanoat qoidalari ishlaydi. Ma'lumki, kinofilmga yaxshi daromad olish maqsadida, mashhur kinoaktyorlar jalb qilinadi.
Shu tufayli, FIFA tashkilotining xavotirga tushishi o‘rinli. Tadbirga qiziqishni orttirish uchun yulduzlarni jalb qilish kerakligini inkor qilib bo‘lmaydi.
Katta nomlarning yo‘qligi esa brend uchun katta yo‘qotishlarni yuzaga keltiradi. FIFA yuz millionlab yevrodan ajralishi mumkin", - dedi Nobil Mirror nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Argentina, Portugaliya va Uels terma jamoalari JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasini bajarmagan.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
21:00 / 12.03.2025